Yangiliklar

15 Aprel 2025

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasining 2024-2025 yillarda xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy, mehnat huquqi va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot-saylov yigʻilishi oʻtkazildi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasining 2024-2025 yillarda xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy, mehnat huquqi va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda 2024 yil hamda joriy yilning oʻtgan davr davomida bajarilgan ishlar muhokama qilindi hamda kasaba uyushmaning faoliyatiga doir dolzarb masalalar koʻrib chiqildi. Shuningdek, yigʻilishda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan ushbu tashkilotning taraqqiyot yoʻli va ularning xodimlar manfaatlarini himoya qilishdagi oʻrni haqida maʼlumotlar berildi.
Tadbir yakunida kun tartibidagi barcha masalalar koʻrib chiqilib, Kasaba uyushma qoʻmitasining raisi va aʼzolari qayta saylanib, yigʻilish ishtirokchilari tomonidan uyushmaning kelgusi rejalari va maqsadlari belgilab olindi.