Navbatdagi muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
Kuni kecha Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Termiz harbiy prokuraturasi hamda boshqarma xodimlari ishtirokida muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.
Unda shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiogen holatlarga qarshi keskin kurashish, joriy yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, xodimlar tomonidan sodir etilgan xizmat intizomi va qonunbuzarlik bilan bogʻliq holatlarning tub sabablari, ularning kelib chiqish omillari tanqidiy tahlil qilinib, atroflicha muhokama qilindi.
Koʻrilgan masalalar hamda xizmat intizomini mustahkamlash yoʻnalishida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarning samaradorligini oshirish, xizmatga sovuqqonlik bilan qaramaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala boʻlish yuzasidan zaruriy koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda hududiy "Qoʻriqlash" boʻlinmalarida xizmat qilayotgan xodimlar uchun videoselektor tarzida uchrashuv tashkil etildi. Unda xizmat intizomini mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoʻl harakati qoidalari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash, bugungi kunda qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar, shaxsiy va xizmat avtotransport vositalarini boshqarish davomida yuzaga keladigan koʻngilsiz hodisalar boʻyicha tushuntirish ishlari hamda videoroliklar namoyishi oʻtkazildi.
Tadbir yakunida esa "Qoʻriqlash" boshqarmasining xizmat avtotransport vositalarini hujjatlari yana bir bor tekshiruvdan oʻtkazildi.