Yangiliklar

7 Dekabr 2024

“Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Fargʻona harbiy prokuraturasi hamda viloyat maʼmuriy sudi bilan hamkorlikda 8 dekabr – Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan 32 yil avval qabul qilingan tarixiy hujjatning yangi tahririni yetkazishda xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi hisoblanishini alohida tushuntirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tinch va osoyishta, farovon hayotning qonuniy kafolati boʻlib kelayotganligiga, asosiy qonunimiz bozor munosabatlariga asoslangan demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat boʻlib shakllanishida, kuchli fuqarolik jamiyatni barpo etish borasida mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilayotganligi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, tadbirda Konstitutsiyamizga kiritilgan oʻzgartirishlar, asosiy moddalar va normalar haqida maʼlumot berdilar.
Qizgʻin savol javoblarga boy oʻtgan davra suhbati davomida ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga kerakli javoblar oldilar.