Xizmat va ijro intizomiga rioya qilish yuzasidan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida xizmat va ijro intizomiga rioya qilish yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar masʼullari ishtirokida muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.
Mazkur tadbir davomida xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash, shaxsiy tarkibni Ona-Vatanga va kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash, oʻqitish va malakasini oshirish, kasbiy va jangovar tayyorgarligini yuksaltirish borasida doimiy ravishda chora-tadbirlar belgilanib, tegishli ishlar amalga oshirilib borilayotganligi toʻgʻrisida soʻz bordi.
Bu bilan birga yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, turli noxush holatlarning oldini olish maqsadida, shaxsiy tarkib bilan olib borilayotgan profilaktik tarbiyaviy ishlarning sifati va samaradorligini yanada oshirish, qatʼiy intizomiy taʼsir choralarini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Yigʻilish soʻngida mutasaddilar tomonidan xodimlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.