Yangiliklar

19 Mart 2024

 “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL OʻYINLARI OʻTKAZILDI

Kuni kecha Fargʻona politexnika institutida viloyat Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan “Zakovat” intellektual oʻyinlari oʻtkazildi. Unda Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi, Mintaqaviy oʻquv markazi, Ichki ishlar, Bojxona, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining harbiy xizmatchi va xodimlari, faxriylar va talabalardan iborat 9 ta jamoa ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida soʻzga chiqqanlar tomonidan ishtirokchilarga omad tilandi. Shundan soʻng oʻyinlarga start berildi. 2 raunddan iborat boʻlgan oʻyin davomida 10 tadan jami 20 ta savol oʻrtaga tashlandi. Tadbirdagi barcha jamoa vakillari mazkur musobaqadan oʻzlari uchun ulkan tajriba toʻplashdi. Sogʻlom raqobat va doʻstona ruhda oʻtgan “Zakovat” turniri yakuniy natijalariga koʻra uchinchi oʻrinni Bojxona qoʻmitasi jamoasi, ikkinchi oʻrinni esa "Qoʻriqlash" boshqarmasi jamoasi egallagan boʻlsa, birinchi oʻrin Ichki ishlar boshqarmasi jamoasiga nasib qildi. Barcha ishtirokchilarga tashkilotchilarning diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.