"HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUNI" DOIRASIDA MULOQOTLAR OʻTKAZILDI
Shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qonun buzilishi holatlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, turli xildagi koʻngilsiz holatlar sodir etilishining oldini olish borasidagi ishlar hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Milliy gvardiya Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida xizmat qilayotgan shaxsiy tarkibi ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Fargʻona harbiy prokuraturasi masʼul xodimi va Fargʻona shahar diniy ishlar boʻlimi vakili ishtirok etib, harbiy intizom va huquq tartibotini mustahkamlash, shaxsiy tarkibni hayotini va sogʻligini asrash, yoʻl-transport hodisalari hamda qonun buzilishi holatlarini oldini olish har bir kishining vazifasi ekanligi taʼkidladi.
Bundan tashqari, shaxsiy tarkibga turli ijtimoiy tarmoqlarga aʼzo boʻlishning salbiy oqibatlari, oilaviy nizolar va ajrimlar toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtildi.
Tadbir yakunida qatnashchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.