Yangiliklar

30 May 2025

Qoʻriqlash tizimlariga xizmatga yangidan qabul qilingan xodimlar hamda ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida tashkil etilgan ushbu tadbir xizmatga yangi kirib kelgan yosh kadrlar va ularning oilalariga soha xususiyatlarini yaqindan tanishtirish, masʼuliyatli xizmatga tayyorlash va ota-onalar bilan yaqin xamkorlik oʻrnatish maqsadida oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida mutasaddi rahbarlar tomonidan xizmat olib borish tartib-qoidalari, ichki intizom talablari, xodimlar uchun belgilangan huquq va majburiyatlar, shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish masalalari yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, xizmatning masʼuliyatli va sharafli jihatlari, jamoadagi hamkorlik, yuksak maʼnaviy-axloqiy tamoyillarga amal qilish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Tadbir davomida ota-onalarga farzandlari tanlagan kasbning masʼuliyatli va sharafli tomonlari haqida keng maʼlumot berildi. Bunday uchrashuvlar xizmatchi va uning oila aʼzolari oʻrtasida ishonch va hamkorlikni mustahkamlash, xizmat samaradorligini oshirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.