Yangiliklar

13 Iyun 2025

Samarqand shahar, Jomboy hamda Bulungʻur tumani Qoʻriqlash boʻlimlarida xizmat olib borayotgan xodimlar va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi

Samarqand shahar, Jomboy hamda Bulungʻur tumani Qoʻriqlash boʻlimlarida xizmat olib borayotgan xodimlar va ularning ota-onalari bilan viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi, Bulungʻur tuman IIB rahbariyati hamda SHXB masʼullari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda soʻz olganlar tomonidan uchrashuvdan koʻzlangan maqsad – jamoadagi oʻzaro ishonch va hamkorlik muhitini mustahkamlash, ota-onalarni farzandlari xizmat olib borayotgan tizim faoliyati va farzandlarining mehnat jarayoni bilan yaqindan tanishtirib, ota-onalarga tashkilotning umumiy faoliyati, kelgusidagi rejalar va xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, ota-onalar oʻz fikr va takliflarini bildirish imkoniyatiga ega boʻldilar. Mazkur uchrashuvda ota-onalarga, farzandlari tomonidan xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilmasliklari, korrupsiya va tamagirlikka yoʻl qoʻymaslik, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishlarini doimiy ravishida tushuntirishlari tavsiya etildi hamda xizmatdan salbiy sabablarga koʻra boʻshatilgan xodimlar hayotiga asoslangan holda tasvirga olingan “Oʻzim aybdor” nomli film namoyish etildi.

Uchrashuv soʻngida oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajarayotgan jonkuyar xodimlarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi. Mazkur uchrashuv samimiy va iliq muhitda oʻtdi hamda barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.