Yangiliklar

8 Iyul 2024

XODIMLAR HAMDA ULARNING OILA AʼZOLARI BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI

Tizimda xizmat qilayotgan xodimlarning turli xil noqonuniy ishlarga aralashib qolmasligi, xizmat intizomini mustahkamlash, tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarning qurboniga aylanib qolmasliklari uchun joylarda targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Ana shunday targʻibot tadbirlaridan biri Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari bilan oʻtkazildi. Xususan, "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati hamda shaxsiy xavfsizlik boʻlimi masʼullari ishtirokida xodimlar va ularning oila aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Mazkur uchrashuv davomida soʻzga chiqqanlar tomonidan ota-onalarga yuqoridagi salbiy illatlarni oldini olish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida esa yigʻilganlar eʼtiboriga respublikamizda boʻlib oʻtgan holatlarga bagʻishlangan videorolik namoyish etildi.