Yangiliklar

19 Yanvar 2024

XODIMLAR VA ULARNING OTA-ONALARI BILAN YIGʻILISH OʻTKAZILDI

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan Milliy gvardiya xodimlari xizmat faoliyatini sifat jihatdan yuqori bosqichga koʻtarish, nafaqat xodimlar, balki, ularning yaqin qarindoshlariga xam bir qancha imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda.
Mazkur tizimli ishlarni xodimlar va ularning ota-onalariga, turmush oʻrtoqlariga yetkazish maqsadida Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Ushbu yigʻilishda rahbariyat xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan qonun buzilishi, korrupsion holatlariga, shuningdek, tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyinlarini oʻynamaslik boʻyicha alohida taʼkidlanib oʻtildi. Yigʻilishda soʻz olganlar, bugungi kunda xodimlar tomonidan sodir etilayotgan yoʻl transport hodisalarini hamda jinoyatchilik holatlarini oldini olish, xizmat intizomini mustahkamlash kabi masalalar boʻyicha yetarlicha tushuntirishlar berib oʻtdi. Bundan tashqari Milliy gvardiya qoʻmondonligi hamda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan belgilangan vazifalar ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilganligi borasida eslatib oʻtilib, joriy yil davomida amalga oshirilish lozim boʻlgan ustuvor vazifalar belgilanib olindi.
Yigʻilish yakunida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga rahbarlar tomonidan javob olishdi.