"Oila – xodim – rahbar" mavzusida xodimlarning oila aʼzolari bilan uchrashuv tashkil etildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi tashabbusi bilan shaxsiy tarkib orasida korrupsiya, huquqbuzarliklarning oldini olish, xizmat intizomini mustahkamlash, oila mustahkamligini taʼminlash maqsadida "Oila – xodim – rahbar" mavzusida xodimlarning oila aʼzolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda masʼullar va Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi tomonidan bugungi kunda xodimlar orasida xizmat intizom va har qanday salbiy holatlarning oldini olish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan olib borilayotgan ishlar va ularning samarasi, shuningdek, sodir etilayotgan harakatlarning kelib chiqish sabablarini oʻrganish yuzasidan maʼlumotlar berib oʻtildi.
Kelgusida shaxsiy tarkibning xavfsizligini taʼminlash maqsadida hamkorlikda ishlashni yoʻlga qoʻyish va Vatan tinchligi va osoyishtaligini saqlashda xizmat qilayotgan hamkasblarimizga amaliy yordamlar koʻrsatish zarurligi toʻgʻrisida tadbir mobaynida tushuntirishlar berib oʻtildi.
Tadbirda safdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan koʻplab xodimlarning ota-onalariga boshqarma rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar ham berildi.