Shaxsiy tarkib ishtirokida xizmat intizomi mustahkamlash, korrupsiya va sodir etilishi mumkin boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida korrupsiya, xizmat intizomi va sodir etilishi mumkin boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir Qoʻriqlash departamenti boshligʻining kadrlar va tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, polkovnik B.Jumayev rahbarligida tuman va shahar Qoʻriqlash boʻlimlari xodimlari ishtirokida videoselektor tarzida oʻtkazildi.
Uchrashuvda korrupsiyaviy holatlar, xizmat intizomining buzilishi va yoʻl-transport hodisalari kabi muammolarning kelib chiqish sabablari, ularning jamiyat va shaxs hayotidagi salbiy oqibatlari haqida atroflicha maʼlumot berildi. Maʼruzachilar tomonidan ushbu illatlarning oldini olish boʻyicha aniq tavsiyalar, huquqiy va maʼnaviy yondashuvlar hamda ularga qarshi kurashishda jamoaviy yondashuvning ahamiyati alohida taʼkidlandi. Shu bilan birga korrupsiya va yoʻl harakati qoidalariga rioya etmaslik natijasida sodir etilgan YTXlari boʻyicha videroliklar namoyish etildi.
Tadbir yakunida tizimda sidqidildan xizmat qilib, oʻz fidoyiligi, masʼuliyati va yuksak intizomi bilan hamkasblariga oʻrnak boʻlgan bir guruh xodimlari faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.