YOSHLAR OYLIGI DOIRASIDA RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Yoshlar oyligi doirasida oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, oʻgʻil-qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan "Vatanning sodiq yoshlari" oʻquv yigʻiniga jalb qilingan yоshlar ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi.
Milliy gvardiya rahbariyati, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi, Jamoat xavfsizligi universitet oʻqituvchilari hamda viloyat harbiy prokuraturasi xodimlari ishtirokida boʻlib oʻtgan tadbirda yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, ularning ilm olishi, kasb-hunar oʻrganishi uchun yaratilgan sharoitlar, isteʼdod va iqtidorlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan tadbirlar xususida soʻz bordi. Shu bilan birga yoshlar bilan bogʻliq jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, oʻgʻil-qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilarning murojaat va takliflari tinglanib, barcha koʻtarilgan masalalarni joyida hal etishga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida vatanparvarlik tadbiri ham tashkil etilib, unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari tomonidan koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi. Ishtirokchilar maxsus texnika va jihozlar bilan yaqindan tanishdilar, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob va tushunchalar oldilar.