JINOYATLARNING BARVAQT OLDINI OLISH MASALALARIGA BAGʻISHLANGAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI
Olmazor tumanida Milliy gvardiya Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi, Toshkent shahar prokurorining birinchi oʻrinbosari A.Urmanov, tuman hokimligi, IIO FMB, prokuratura masʼullari, mahalla raislari va yettiligi ishtirokida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatlarning barvaqt oldini olish, mahalla yettiligini bu boradagi faoliyatini samarali tashkil qilish, qizil toifadagi mahallalar boʻyicha alohida chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda bu boradagi faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Tadbirning ikkinchi qismida Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari hamkorligida Olmazor tumanidagi “Chustiy” MFY da saf koʻrigi tashkil etilib, mahallalarda oʻgʻirlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtildi hamda mazkur holatlarga yoʻl qoʻymaslik, aholi xotirjamligini asrash, fuqarolar mol-mulkini ishonchli himoya qilish yuzasidan tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi. Shundan soʻng, "Qoʻriqlash" xizmati xodimlari tomonidan mazkur mahallada targʻibot ishlari olib borildi. Mahalladagi jami 28 ta xonadonlarning kirish qismlariga tashvish tugmalari oʻrnatildi.