Taʼlim muassasalarida xavfsizlikni taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qancha mavzular yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Mazkur tadbir Guliston shahrida joylashgan Yoshlar markazida "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab talimi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan viloyat hududidagi maktablarda faoliyat olib borayotgan qorovullar ishtirokida oʻtkazildi. Tadbirda soʻz olganlar tomonidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida bugungi kunda tizimli ishlar olib borilayotganligi alohida eʼtirof etildi.
Shu bilan bir qatorda, mavzuga oid bir qancha qarorlar va yoʻriqnomalar, shuningdek, begona shaxslarni hududga kirib ketishini aniqlovchi hamda turniket qurilmalarini oʻrnatish orqali maktablarda xavfsizlikni taʼminlash samarasi boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida oʻtkazilib, barcha ishtirokchilar oʻz fikr-mulohazalarini erkin bayon etishdi va kelgusidagi rejalar boʻyicha kelishib olindi.