Yangiliklar

2 May 2025

Xodimlarning bilim saviyalarini oshirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi

   Xodimlarning bilim saviyasini oshirish, sud-huquq tizimidagi yangiliklardan xabardor qilish maqsadida koʻplab uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Ana shunday davra suhbatlaridan biri kuni kecha Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi hamda Navoiy shahar jinoyat ishlari boʻyicha sudi masʼullari bilan hamkorlikda oʻtkazildi.
   Unda masʼullar tomonidan xodimlarga tizimdagi islohotlar, maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlanganda rasmiylashtirish jarayonlari, korrupsiya bilan bogʻliq holatlar xususida batafsil tushunchalar berdilar.
   Davra suhbati yakunida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga malakali mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.