Xodimlar oʻrtasida xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Xodimlar orasida xizmat va ijrochilik intizomini mustahkamlash maqsadida Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida ishtirokida navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur uchrashuvda rahbariyat hamda Qoʻriqlash Departamenti masʼullari ham ishtirok etib, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha maʼruzalar qildi. Bundan tashqari yil boshidan buyon xodimlar tomonidan xizmat intizomi buzilishi va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar birma-bir tahlil etdi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan uchrashuvda tizimda xizmat qilayotgan xodimlarning muammolari ham oʻrganilib, ular oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora tadbirlar belgilab olindi.
Tadbir yakunida shaxsiy tarkibning mavzuga oid qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.