Yangiliklar

29 Mart 2024

XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH MAQSADIDA UCHRASHUV OʻTKAZILDI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Qoʻriqlash" boshqarmasida huquqbuzarliklar profilaktikasi kunida “Harom luqmaga intilganlar” mavzusida boshqarma shaxsiy tarkibi va hududiy "Qoʻriqlash" boʻlimlari boshliqlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi, Nukus Harbiy sud raisi, Nukus Harbiy prokuror oʻrinbosari hamda Davlat xavfsizlik xizmati masʼullari boshchiligida boʻlib oʻtgan tadbirda shaxsiy tarkib orasida huquqbuzarlik sodir etishning sabablari, sifatli xizmat oʻtashga salbiy taʼsir etuvchi shart-sharoitlarni oʻrganish hamda bartaraf etish, mazkur yoʻnalishda samarali choralarni ishlab chiqish va xizmatga tadbiq etish va kelgusida bu kabi kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik kabi muhim masalalar muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar oʻzlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.