Xizmat faoliyati davomida uchrashi mumkin boʻlgan xato va kamchiliklarning oldini olishga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Samarqand shahar Qoʻriqlash boʻlimida harbiylashtirilgan qo‘riqlash va qorovullik boʻlinmalari ishchi-xizmatchilarning xizmat faoliyati davomida uchrashi mumkin boʻlgan xato va kamchiliklarning oldini olishga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Videoaloqa orqali oʻtgan tadbirda soʻz olgan masʼullar ishchi-xizmatchilarga xizmat faoliyati davomida belgilangan yoʻriqnoma talablariga rioya qilgan xolda xizmatni olib borishlari lozimligi xususida toʻxtalib oʻtdi.
Ayniqsa, har bir xodim xizmat joyida korxona yoki tashkilot rahbarining ruxsatisiz tashkilotga tegishli mulkning tashqariga chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik hamda shunga oʻxshash qator masalalarga jiddiy eʼtibor qaratishi, korrupsion holatlardan yiroq boʻlishi lozimligi, aks xolda xodimga nisbatan tegishli tartibda qonuniy chora koʻrilishi yuzasidan ogohlantirildi.
Uchrashuv yakunida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.