Namunali xizmat olib borayotgan xodimlarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi
Davlatimiz rahbari tomonidan xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida har yili koʻplab amaliy ishlar tashkil etilib kelinmoqda. Shular biri huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlarini oliy oʻquv yurtlarining bakalavriat yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun qoʻshimcha kvotalar ajratilganligi belgilangan.
Shu munosabat bilan har yili vatan tinchligi yoʻlida xizmat olib borayotgan bu soha vakillarining farzandlariga ushbu kvotalar tantanali ravishda topshirilib kelinmoqda. Shu yil ham Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasida koʻp yillardan beri namunali xizmat olib borayotgan xodimlarga imtiyozli tavsiyanomalarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan imtiyozli kvotalarga ega boʻlayotgan xodimlarning farzandlarini va ularning oila aʼzolarini tabriklab, ularga oʻzlarining samimiy tilaklarini bildirdi. Shundan soʻng, tavsiyanomalar tantanali ravishda oʻz egalariga topshirildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi saflarida xizmat olib borayotgan xodimlarning farzandlariga Vatanni sevish va uni asrash yoʻlida xizmat qilayotgan oʻzlarining ota-onalaridek namuna koʻrsatishlarini bildirib, oldida turgan test sinov imtihonlarini topshirish yuzasidan ezgu-tilaklar bildirilib oʻtildi. Shuningdek, tadbir mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasining bir nafar xodimning farzandiga Oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomasi ham berildi. Bu esa oiladagi sogʻlom muhit kelgusida ushbu farzandlarimizning komil inson boʻlib, oʻz kasbining haqiqiy ustasi boʻlishiga undaydi.
Tizimda olib borilayotgan bu kabi ishlar esa kelgusida sohada yetuk kadrlarni tayyorlashda, vatanimizga sharaf bilan xizmat qiluvchi hamda vatanparvarlarni yetishtirishi bilan ahamiyatlidir.