Shaxsiy tarkib ishtirokida profilaktik uchrashuv boʻlib oʻtdi
Bugun Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi masʼullari hamda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirokida profilaktik uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Harbiy prokuratura masʼullari tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar hamda normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida tizimda ijrochilik va xizmat intizomi buzilish holatlari aniq misollar bilan keltirib oʻtildi va bular uchun javobgarlik asoslariga ham alohida toʻxtalib oʻtildi.
Xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbir davomida masʼullar oʻzlarining amaliy tajribalariga tayangan holda xizmatda duch kelishi mumkin boʻlgan muammolarga munosib yechim topish boʻyicha zaruriy tavsiyalar berishdi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan suhbat yakunida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.