Xizmat intizomiga rioya etilishini taʼminlash, xodimlarning ota-onalari bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi
Xodimlar oʻrtasida xizmat intizomiga rioya etilishini taʼminlash va ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Toshkent viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga qonunchilikdagi soʻnggi oʻzgarishlar va normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash qoidalari haqida maʼlumot berildi. Oʻtgan davr mobaynida tizimda ijro va xizmat intizomini buzish bilan bogʻliq aniq holatlar koʻrib chiqilib, bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortish asoslari batafsil tushuntirildi.
Bundan tashqari, boshqarma boshligʻi tomonidan fuqarolarning shaxsiy qabuli tashkil etilib, yuzaga kelgan masalalarni hal etish boʻyicha huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, masʼul xodimlar uchun aniq vazifalar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.