Qonunchilikni mustahkamlash va xizmat intizomini taʼminlash boʻyicha navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi
Surxondaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida xodimlar ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash shuningdek, koʻngilsiz holatlarning oldini olishga qaratilgan yigʻilish tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Qoʻriqlash Departamenti rahbariyati va masʼullari ham ishtirok etib, xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilish borasidagi asosiy talablar hamda vazifalar haqida batafsil maʼlumot berdilar.
Shahsiy tarkib bilan tarbiyaviy hamda psixologik tadbirlarni muntazam olib borish, ularning mavjud muammolarini oʻrgangan holda bartaraf etish zarurligi taʼkidlandi, shuningdek, poraxoʻrlik va tamagirlikka qarshi immunitetni shakllantirishi xususida soʻz yuritildi.
Tadbir yakunida amaldagi buyruq talablariga soʻzsiz rioya etgan holda kiyim-boshni kiyib yurish, xizmatni sifatli tashkil etishni nazorat qilish yuzasidan masʼul ofitserlarga topshiriqlar berildi.