Navbatdagi profilaktik uchrashuv boʻlib oʻtdi
Xodimlarning xizmat intizomiga amal qilishlari, qonunchilikda belgilangan vazifalarni sidqidildan bajarishlari yuzasidan tizimli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, kuni kecha Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati ishtirokida xizmat intizomi mustahkamlash, qonun ustuvorligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda xodimlar tomonidan oʻtgan davr mobaynida xizmat intizomi va qonunchilik talablarining buzilishi bilan bogʻliq holatlarga alohida toʻxtalib oʻtildi. Yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish va turli noxush holatlarning oldini olish maqsadida, shaxsiy tarkib bilan olib borilayotgan profilaktik tarbiyaviy ishlarning sifati va samaradorligini yanada oshirish, qatʼiy intizomiy taʼsir choralarini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi. Yoʻl harakati qoidalariga rioya etish, kunlik xizmatni buyruq talabi asosida belgilangan tartibda olib borish muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.
Bu yoʻnalishda har bir boʻlinma ofitseri qoʻl ostidagi xodim bilan individual suhbat qilib, ularning mavjud muammolarini bartaraf etish choralarini koʻrishi yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.