Yangiliklar

8 Oktyabr 2024

"Ilm-fan va taʼlimning innovatsion rivojlanishi: hozirgi holati va taraqqiyot tamoyillari" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazida "Ilm-fan va taʼlimning innovatsion rivojlanishi: hozirgi holati va taraqqiyot tamoyillari" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
Bugungi kunda taʼlim tizimini xususan, oliy taʼlim tizimini takomillashtirish va zamon bilan hamnafas tarzda rivojlantirib borish davlatimizning bosh islohotiga aylangan.
Ushbu islohotlar doirasida kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazida respublikamizning bir qator yetakchi oliy taʼlim muassasalari va Fargʻona viloyati xokimligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar markazining mutasaddi xodimlari ishtirokida "Ilm-fan va taʼlimning innovatsion rivojlanishi: hozirgi holati va taraqqiyot tamoyillari" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
Ushbu anjumandan ko‘zlangan maqsad – ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish va yutuqlarini rag‘batlantirish, ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini yaratishga qaratildi.