“Zukko kitobxon” intellektual oʻyini oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilarining ijtimoiy-maʼnaviy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish, dunyoqarashlari va fikrlash doirasini kengaytirish, kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Zukko kitobxon” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Unda jamoalarga yurtimiz va jahon adabiyoti namoyondalari tomonidan yaratilgan sara asarlar, adabiyotlar va mantiqiy savollar berildi.
Tadbir qizgʻin bahs va munozaralarga boy tarzda oʻtkazilib, unda savollarga barcha jamoalardan tezkor va aniq javob bergan “Qalqon” jamoasi gʻolib deb topilib, esdalik sovgʻalari topshirildi.