Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida "Zakovat" musobaqasi oʻtkazildi
Xodimlarning ilmiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tizimli ishlar tashkil etilmoqda. Xususan, Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida "Zakovat" musobaqasi oʻtkazildi.
Jami 8 ta jamoa ishtirok etgan mazkur musobaqada xodimlar oʻzlarining bilim salohiyatlarini ishga solib, gʻoliblik uchun kurash olib bordilar. Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslarda hakamlarning bir ovozdan fikriga koʻra Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi jamoasi “Eng tezkor jamoa” sifatida gʻolib deb topilib, tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Mazkur tadbirlarning oʻtkazilishidan asosiy maqsad – xodimlar va harbiy xizmatchilar oʻrtasida doʻstona muhitni hamda sogʻlom raqobatni shakllantirishdan iborat.