Yangiliklar

30 Avgust 2025

"Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun!" shiori ostida "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati Axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun!" shiori ostida zakovat oʻyini tashkil etildi.

Unda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining "Qomus", viloyat Qoʻriqlash boshqarmasining "Yangi avlod", Axborot kutubxona markazining "Kitobxon", Samarqand davlat universitetining "Yosh ijodkor" jamoalari oʻzaro bahs olib borishdi.

Oʻyin davomida ishtirokchilar mustaqil Oʻzbekiston tarixi va yutuqlariga bagʻishlangan savollarga javob berishdi. Tanlov ishtirokchilari mamlakatning muhim voqealari, taniqli arboblari va madaniy anʼanalari haqidagi chuqur bilimlarini namoyish etishlari kerak edi.

Yakuniy natijalarga koʻra viloyat Qoʻriqlash boshqarmasining jamoasi faxrli 1-oʻrinni, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining jamoasi 2-oʻrinni, Samarqand davlat universitetining jamoasi esa 3-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.