Yangiliklar

20 Yanvar 2024

VATANGA XIZMAT QILISH SHARAFLI BURCH!

Bugungi kunda oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash galdagi ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Ayni shu maqsadda Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabida “Vatanga xizmat qilish – sharafli burch” shiori ostida vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazildi. Tadbirning dastlabki qismida boshqarma psixolog-mutaxassislari tomonidan oʻquvchilarda diqqat va irodaviy sifatlarni shakllantirish hamda kelgusida kasb tanlashda ahamiyat qaratish lozim jihatlarni shakllantirish maqsadida psixologik metodlardan foydalangan tarzda trening mashgʻulotlari hamda harbiy xizmatchilar tomonidan sohaga tegishli maxsus vositalarning koʻrgazmasi namoyish etildi.
Tadbirning badiiy qismida esa oʻquvchilar tomonidan vatanni madh etuvchi sheʼr va qoʻshiqlar hamda sahna koʻrinishlari ijro etildi. Bu kabi tadbirlar oʻquvchilarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish bilan bir qatorda vatanparvar yoshlarimiz safini yanada kengaytirishga xizmat qiladi desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.
Oʻtkazilgan tadbirlar davomida ijobiy natijalarga erishgan oʻquvchilar "Qoʻriqlash" boshqarmasining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.