Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilarining “Gʻalaba bogʻi” va “Shon-sharaf” muzeyiga tashrifi
Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilarining “Gʻalaba bogʻi” majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashrif buyurishlari taʼminlandi. Ushbu tashrif davomida ular Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimizning koʻrsatgan qahramonligi, mardligi va fidoyiligi aks ettirilgan tarixiy hujjatlar, eksponatlar va haykallar bilan tanishdilar.
Muzey ekspozitsiyasida oʻsha davr askarlarning hayotini, front va front ortidagi mehnatni aks ettiruvchi hujjatlar, suratlar va shaxsiy buyumlar tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi. Xususan, minglab oʻzbekistonliklarning urushdagi jasorati, yurtimizdan frontga yuborilgan moddiy va maʼnaviy yordamlar, oʻzbek xalqining sabr-toqati va birdamligi haqida qimmatli maʼlumotlar berildi.
Tinglovchilar ushbu tashrifdan yuksak ruhda chiqib, oʻz Vataniga sadoqat, tinchlikning qadriga yetish, tarixdan ibrat olish zarurligini chuqur his etdilar. Bu safar ular uchun nafaqat tarixiy saboq, balki milliy gʻurur va vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlovchi unutilmas voqea boʻldi.