Sirdaryo viloyatida kuch tuzilmalaridagi harbiy xizmatchilar va xodimlari oʻrtasida “Huquq bilimdoni” shiori ostida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi
Sirdaryo viloyatida kuch tuzilmalaridagi harbiy xizmatchilar va xodimlari oʻrtasida “Huquq bilimdoni” shiori ostida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi. Guliston shahridagi Yoshlar markazida oʻtkazilgan mazkur intellektual bellashuv harbiy xizmatchilar va xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash, shuningdek, intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida 10 ta jamoa oʻzaro bilim, mantiqiy fikrlash, tezkor javob qaytarish va jamoaviy ishlash boʻyicha bellashdi. Qizgʻin va murosasiz ruhda oʻtgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar gʻolib deb topildi:
1-oʻrin — “Vatanparvarlar” jamoasi (Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi);
2-oʻrin — “Tariqat” jamoasi (viloyat Bojxona boshqarmasi);
3-oʻrin — “Qalqon” jamoasi (viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi).
Gʻolib va faol ishtirok etgan jamoalarga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi hamda Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan diplomlar va esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur tadbir harbiy xizmatchilar va kuch tuzilmalari xodimlari oʻrtasida bilim va tafakkur bellashuvlarini yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.