Yangiliklar

8 Avgust 2023

“SIFATI XIZMAT – ISHONCHLI HIMOYA” TAMOYILI ASOSIDA RЕSPUBLIKAMIZ BO‘YLAB TARG‘IBOT TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA

Bugungi kunda Milliy gvardiya "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi tomonidan yurtdoshlarimiz uchun bir qator qulayliklar yaratildi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Sababi shundaki, eng minimal miqdordagi ta’rif rejalari, sifatli va ishonchli xizmat, fuqarolar uchun tezkor va qulay servis xizmatlari, bularning barchasi fuqarolarimizning tinch-totuv hayot kechirishlari, respublikamiz bo‘ylab o‘g‘irlik kabi jinoyatlarga keskin kamaytirishga xizmat qilmoqda.

Kuni kecha Milliy gvardiya Toshkent shahri, Navoiy va Xorazm viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmalari xodimlari tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni fuqarolarimizga yetkazish maqsadida, tuman- shaharlardagi mahallarda targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur targ‘ibot davomida yurtdoshlarimizga "Qo‘riqlash" xizmatining afzalliklari va vazifalari, bugungi kundagi sohaga kirib kelayotgan yangi texnologiyalarning qulaylik jihatlari tushuntirib o‘tildi.

Fuqarolarimiz esa xizmat turlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mas’ul xodimlardan javob oldilar va shu yerning o‘zida xizmatdan foydalanish istagida bo‘lgan tadbirkorlar va fuqarolardan arizalar qabul qilindi.