“SHUKRONALIK” HISINI ANGLASH
Bugungi kunda yurtimizda barcha sohalardagi singari, Milliy gvardiya "Qo‘riqlash" xizmati xodimlariga xam bir qator qulayliklar yaratib kelinayotganligini alohida ta’kidlab o‘tishimiz mumkin. Shuni teran anglagan holda kuni kecha Navoiy shahar "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari bilan diniy ulamo vakillari ishtirokida “Shukronalik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati davomida din vakillari tomonidan xodimlarga vatanga xizmat qilish naqadar savobli ish ekanligi, xalq va yurt osoyishtaligi yo‘lida qilayotgan xizmatlari sharafli burch ekanligini tushuntirib o‘tildi. Suhbat davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad – xodimlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini yanada oshirib, ularga “Shukronalik” hisini teranroq anglatishdan iborat bo‘ldi.