Yangiliklar

6 Iyun 2023

SHAXSIY TARKIBNING XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH

Milliy gvardiya Markaziy devoni Shaxsiy xavfsizlik hamda Kadrlar boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Nukus shahrida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun muloqotlar tashkil etildi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, har qanday jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga huquqiy baho berilishi, xizmat o‘tash tartiblari hamda ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish borasidagi ishlarni tashkillashtirish yuzasidan alohida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, shaxsiy tarkib orasida sodir etilgan salbiy holatlar va ularning oqibatlari to‘g‘risida tayyorlangan videorolik yig‘ilish mobaynida qo‘yib berildi.