Yangiliklar

25 Aprel 2023

SHAXSIY TARKIBNING PSIXOEMOTSIONAL HOLATI MUSTAHKAMLANDI

Toshkent shahar Chilonzor tumani "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlarning ekstremal holatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, psixologik bilimlarini oshirish, shuningdek, jamoada ruhiy muhitni yaxshilash hamda turli xil ruhiy zo‘riqishning oldini olish orqali xodimlarning ruhiy barqarorligini ta’minlashni kuchaytirish maqsadida psixologik trening tashkil etildi.

Ushbu muloqotlar xodimlarning stressga qarshi immunitetini rivojlantirish, ijobiy emotsiyalarini shakllantirish shaxsiy tarkibning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, favqulodda holatlarni oldini olish, shuningdek, stress, depressiya, suitsid va boshqa turli ko‘rinishdagi salbiy xatti-harakatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida tashkil etildi.

Xodimlar bilan yakka tartibda, ularning dunyoqarashlariga mos individual mashqlar kompleksi tanlangan bo‘lib, ushbu jarayonda psixologik ta’minlash guruhi psixologlari stressli vaziyatlarni qanday yengish kerak, salbiy ma’lumotni ijobiyga aylantirish usullari haqida ma’lumotlar berdilar.