Yangiliklar

19 Aprel 2023

SHAXSIY TARKIBGA TIZIMDAGI ISLOHOTLAR YETKAZILDI

Buxoro viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi hamda viloyat Harbiy prokuraturasi mas’ullari bilan hamkorlikda Olot tumani madaniyat markazida tuman "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari va ularning oila a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mas’ullar xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan alohida muhim jihatlarga to‘xtaldilar.

Uchrashuvlarda so‘z olganlar, mamlakatimizda so‘ngi yillarda barcha sohalar kabi Milliy gvardiya tizimlarida ham davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi hamda amalga oshirilayotgan yangilanishlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Tizimdagi islohotlar nafaqat tarkibiy va tashkiliy jihatdan, balki xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratilayotganligini mas’ullar tomonidan ta’kidlanib, xodimlarga, uy-joylar va avtotransportlar olish uchun imtiyozli kreditlar ajratilayotligini, salomatligini tiklash uchun dam olish va davolanish maskanlariga tibbiy yo‘llanmalar, shuningdek, farzandlariga oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) lar berilayotganligini ham alohida e’tirof etildi.

Uchrashuv davomida xodimlarning oila a’zolari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan mutasaddilarga murojaat etib, batafsil javoblar oldilar.