SHAXSGA QARATILGAN KIBЕRHUJUMLARDAN HUSHYOR BO‘LAYLIK
Samarqand viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasida Milliy gvardiya "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi aloqa va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘limi mas’ullari tomonidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
“Manipulyatsiyaning zamonaviy ko‘rinishlari” mavzusida tashkil etilgan yig‘ilishda xodimlarning kiberxavfsizlik jinoyati qurboniga aylanib qolmasliklari xususida so‘z yuritilib, turli shakldagi qimor o‘yinlarining ayanchli oqibatlari tushuntirildi.
Shuningdek, kiberjinoyat oqibatida ba’zi fuqarolarning plastik kartalaridagi pul mablag‘laridan ajralib qolayotganligi misollar bilan ko‘rsatilib, bu kabi holatlarni oldini olish bo‘yicha kerakli taklif va tavsiflar berib o‘tildi.