SHAXSGA OID MA’LUMOTLARNI BEGONALARGA OSHKOR QILISH KO‘PLAB SALBIY HOLATLARNI KELTIRIB CHIQARISHI MUMKIN
Kiberxavfsizlik – bu kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati bo‘lib har bir fuqaro uni yaxshi tushunmog‘i darkor.
Dunyoda kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar soni kundan kunga ko‘payib bormoqda. Soha xodimlari hamda fuqarolari ham ushbu jinoyatlar qurboniga aylanmasliklari uchun Sirdaryo viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasida navbatdagi seminar o‘tkazildi.
Unda Milliy gvardiya "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi aloqa va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘limi mas’ullari tomonidan tashkil etilgan muloqotlarda viloyatdagi hududiy qo‘riqlash bo‘limlarida xizmat olib borayotgan xodimlar videoselektor tarzida qatnashdilar.
Suhbat davomida kibermakonda sodir bo‘layotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar hamda ularni oldini olish, insonlarning turli firibgarlar tuzog‘iga tushib qolayotganligi va turli aldovlar qurboni bo‘lib qolmasliklari uchun shaxsiy himoyani kuchaytirish, huqqalar va shaxsga tegishli kodlarni begonalarga oshkor qilmaslik kabi muhim jihatlar tushuntirildi.
Shuningdek, kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi me’yoriy huquqiy-hujjatlarga va ularning mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Xodimlar va ularning oila a’zolarini o‘rtasida kiberjinoyatlardan ogohlantirish va oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Bunday jinoyatlar turli ayanchli oqibatlarga olib kelayotganligi haqida ko‘plab ma’lumotlar berildi.