Yangiliklar

10 Aprel 2023

XIZMAT INTIZOMI MUSTAHKAMLANMOQDA

Kuni kecha Olmalik va Chirchiq shaharlarida Respublika harbiy prokuraturasi mas’ullari tomonidan Toshkent viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar xodimlarga "Korrupsiya va firibgarlikka oid jinoyatlar" va “Pora olish-berishda vositachilik qilish” jinoyatlari sodir etganlik uchun belgilangan tartibda javobgarlik mavjud ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.
Shuningdek, mutaxassislar xodimlarning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish kabi korrupsion holatlarga aralashib qolmasliklari, ushbu jarayonlarda vositachilik qilmasliklari tushuntirildi.
Korrupsiya bozor qoidalariga binoan xizmatlarni ixtiyoriy ravishda oldi-sotdi qilish emas, balki ularni ko‘rsatish uchun g‘ayriqonuniy haq olish deya ta’riflanib, shaxsiy tarkibning bunday salbiy holatlardan uzoq yurishlari lozimligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.