Xizmat vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari doimo eʼtirofda
Kuni kecha Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi masʼullari tomonidan tizimda fidokorona mehnat qilib, oʻz xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolarining holidan xabar olindi. Vatanimiz tinchligi va farovonligi yoʻlida xizmat qilgan xodimlarning farzandlariga, ota-onalariga juda katta minnatdorchilik bildirildi.
Bundan tashqari, yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan tizimda xizmat qilayotgan va xizmat burchini bajarish chogʻida vafot etgan bir guruh xodimlarning farzandlariga maktab oʻquv qurollari topshirildi. Sovgʻalarni shakllantirishda har bir bolaning individual istaklariga, ularning yoshi, jinsi va qiziqishlariga alohida eʼtibor qaratildi. Boshqarma vakillari har bir bolani shaxsan tabriklab, oʻqishlarida muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tiladi.
Tashriflar davomida halok boʻlgan xodimlarning xotirasi yana bir bor yodga olindi shu bilan birga xizmat vaqtidagi xotiralar xotirlandi.