Yangiliklar

10 Noyabr 2025

Mamlakatimizda “Yashil belbogʻ” barpo etish borasidagi ishlar bugunda jadallik bilan olib borilayapti. Albatta, ushbu loyiha doirasida tashkil etilayotgan bogʻlarga ekilayotgan navnihollar kelgusida katta daraxtlarga aylanib, chor-atrofning goʻzal, yanada fusunkor va tarovatli boʻlishiga hissa qoʻshadi.

Jumladan, Toshkent viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan belgilangan hududlarda ushbu jarayon uzluksiz tashkil etilayotgan boʻlib, mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek, odamlar koʻngliga xush yoqadigan va yoqimli ifor taratadigan gullar ekildi.

Shuni alohida taʼkidlashimiz kerakki, koʻchatlar ekiladigan maydonlarga tegishli agrotexnik tadbirlari asosida yerga ishlov berilib, soʻngra daraxt koʻchatlari oʻtqazilmoqda. Ekilgan daraxtlarni parvarishlash, toʻgʻri sugʻorish, yaʼni tomchilatib sugʻorish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, tabiiy oʻgʻitlar bilan oziqlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bunday saʼy-harakatlardan koʻzlangan asosiy maqsad – xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash, ezgulikni yoshlar qalbiga singdirish, qishloq va shaharlar, mahallalarni koʻrkam koʻrinishga keltirishdan iborat.