Bugun Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan videokonferensaloqa tarzida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Bugun Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan videokonferensaloqa tarzida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir avvalida Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik M.J.Gʻaniyev barcha xodimlarni, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini, soha faxriylarini, ishchi-xizmatchilarni hamda xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarimizning oila aʼzolarini Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbirning ikkinchi qismida Milliy gvardiya tizimlarida samarali xizmat qilib, yurtimiz osoyishtaligi yoʻlida jonbozlik koʻrsatayotgan, fuqarolarning mol-mulki daxlsizligini taʼminlashdek eng ulugʻ va olijanob ishni sidqidildan bajarayotgan bir guruh xodimlar, tizim faxriylari hamda xizmat vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolariga Milliy gvardiyaning idoraviy koʻkrak nishonlari, navbatdagi unvonlar, faxriy yorliq va tashakkurnomalar tantanali tarzda topshirildi.
Ishtirokchilarda koʻtarinki kayfiyat baxsh etgan marosimda taqdirlanganlar yuksak ishonch va eʼtirofdan mamnun ekanligini, bunday eʼtibordan ruhlanib, tizimda yanada masʼuliyat va shijoat bilan faoliyat yuritishlarini taʼkidladilar.