Yangiliklar

17 Sentyabr 2023

MAKTAB O‘QUVCHILARINING BO‘Sh VAQTLARI MAZMUNLI TASHKIL ETILMOQDA

Kelajak avlodni Vatanga muhabbat, ona diyorimiz tarixi, ajdodlarimizning boy ma’naviy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida kuni kecha Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari tomonidan Is'hoqxon To‘ra Ibrat ijod maktabi o‘quvchilari bilan kamondan otish mahorat darsi hamda Is'hoqxon ibrat muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Dastlab o‘quvchi yoshlar uchun muzeyga sayohat tashkillashtirildi. Mutafakkir hayoti va ilm-ma’rifat yo‘lidagi izlanishlarini aks ettirgan osori-atiqalar bolalarga unutilmas taassurot qoldirdi.

Shundan so‘ng soha mutaxassislari o‘quvchi yoshlarga kamondan otishning uslublari, kamonning tuzilishi to‘g‘risida ma’lumotlar berib, o‘quvchilar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.