Yangiliklar

18 Iyun 2024

YANGI OʻZBEKISTONNING BAXTIYOR BOLALARI

Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Sariosiyo tumanida joylashgan “Sardor-Parvin” yozgi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida “Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari” mavzusida navbatdagi shiori ostida sport hamda koʻngilochar tadbirlar tashkil etildi.
Ayni kunlarda soʻlim tabiat qoʻynidagi oromgohlarda Milliy gvardiya tomonidan uyushtirilayotgan bu kabi tadbirlar yoshlar oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlashga, vatanparvarlik ruhida kamol topishlariga, oʻz isteʼdod va qobiliyatlarni namoyon etishlariga xizmat qilyapti.
Tadbir doirasida yoshlar oʻrtasida sportning voleybol, futbol, shaxmat-shashka, stol tennisi, kamondan otish hamda arqon tortish turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilgani, oʻgʻil-qizlarga olam-olam zavq bagʻishladi. Yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari tuhfa etildi.