SAVDO MARKAZLARIDAGI DO‘KONLARNI YANGIDAN QO‘RIQLOVGA OLISH MAQSADIDA HAMKORLIKDA TARGʻIBOT O‘TKAZILDI
Milliy gvardiya Samarqand viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi hamda shahar va tuman "Qo‘riqlash" bo‘limlari tomonidan xizmat afzalliklari yuzasidan muntazam ravishda targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Kuni kecha "Urgut" savdo kompleksida hamkorlikdagi targ‘ibot ishlari olib borildi. Ichki ishlar organlari xodimlari va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining mas’ullari ishtirokidagi muloqotlar davomida fuqarolarimizga "Qo‘riqlash" xizmatining turlari va ta’riflari xususida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga jinoyatchilikni oldini olish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish borasida profilaktik uchrashuvlar tashkil etildi.
"Qo‘riqlash" xizmatiga ulanish istagidagi tadbirkorlar bilan tegishli tartibda shartnomalar tuzilib, xizmat tariflari, oylik to‘lovlar haqida ham tushunchalar berildi.