Samarqand viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan tarixiy va meʼmoriy obidalar qoʻriqlanishining joriy holati va xavfsizlik tizimini takomillashtirish yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi
Samarqand viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan tarixiy va meʼmoriy obidalar qoʻriqlanishining joriy holati va xavfsizlik tizimini takomillashtirish yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Tekshiruvning muhim qismi tezkor harakatlanuvchi guruhlari faoliyatiga bagʻishlandi. Ularning chaqiriqlarga yetib borish tezligi, turli holatlarda toʻgʻri harakatlanish koʻnikmalari hamda vaziyatni tez baholash va toʻgʻri qaror qabul qilish qobiliyati oʻrganildi.
Shu bilan birga, monitoring markazlari faoliyati ham tekshirildi. Kunduzi va kechasi uzluksiz kuzatuvning tashkil etilishi, raqamli nazorat vositalaridan foydalanish samaradorligi va kelib tushgan xabarlarga javob qaytarish tezligi baholandi.
Oʻtkazilgan tadbirlar yakuni boʻyicha takomillashtirilishi lozim boʻlgan yoʻnalishlar aniqlandi hamda kelgusida amalga oshirilishi kerak boʻlgan asosiy vazifalar belgilab olindi.