Buxoro viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Terrorizmga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
Buxoro viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Terrorizmga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida ichki ishlar organlari soha mutaxassislari ishtirok etib, terrorchilik xavfi, uning zamonaviy shakllari, yoshlar orasida radikal gʻoyalarning oldini olish yoʻllari yuzasidan keng tushunchalar berildi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad – xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda ogohlik va hushyorlikni mustahkamlashdan iborat boʻldi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda terrorizmga qarshi kurashishda fuqarolik pozitsiyasi va ijtimoiy faollikning muhimligi alohida taʼkidlandi.