Yangiliklar

12 Sentyabr 2025

Xodimlar va ularning oila aʼzolari ishtirokida korrupsiya, xizmat intizomi va sodir etilishi mumkin boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi

Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida oʻtkazilgan tadbir yuqori saviyada tashkil etilgan boʻlib, u ishtirokchilar uchun bilim va maʼnaviyat jihatdan muhim va boy maʼlumotlarga boy tarzda oʻtdi. Suhbatda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi vakili, prokuratura xodimi hamda Yoʻl-patrul xizmati inspektori ishtirok etib, korrupsiyaviy holatlar, xizmat intizomining buzilishi va yoʻl-transport hodisalari kabi muammolarning kelib chiqish sabablari, ularning jamiyat va shaxs hayotidagi salbiy oqibatlari haqida atroflicha maʼlumot berishdi.

Maʼruzachilar tomonidan ushbu illatlarning oldini olish boʻyicha aniq tavsiyalar, huquqiy va maʼnaviy yondashuvlar hamda ularga qarshi kurashishda jamoaviy yondashuvning ahamiyati alohida taʼkidlandi. Shu bilan birga korrupsiya va yoʻl harakati qoidalariga rioya etmaslik natijasida sodir etilgan holatlar boʻyicha videoroliklar namoyish etildi.

Tadbirning ikkinchi qismida Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaatlar yoʻllashdi va tegishli javoblar hamda amaliy yordamlar berildi.