Yangiliklar

5 Dekabr 2025

Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan Qoʻriqdagi obyektlarning ishonchli himoyasini taʼminlashni raqamli texnologiyalar orqali yangi bosqichga olib chiqish hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida oʻrganish ishlari olib borildi

Qashqadaryo viloyatida Qoʻriqlash tizimining faoliyatini samarali tashkil etish, xizmat va ijro intizom darajasini mustahkamlash hamda boshqa bir qator muhim jihatlarini oʻrganish va tahlil qilish yuzasidan keng qamrovli ishlar olib borildi.

Tekshiruvlar davomida shaxsiy tarkib tomonidan xizmat intizomiga rioya qilish, xodimlarning kasbiy tayyorgarligini baholash va ularning lavozim majburiyatlarini bajarish sifatiga alohida eʼtibor qaratdilar. Bundan tashqari, viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarining xoʻjalik faoliyatini tahlil qilinib va moddiy-texnik bazaning holati baholanib, mavjud resursdan qanchalik samarali foydalanilayotganini tahlil etildi.

Tadqiqot yakunida takliflar tayyorlanib, ustuvor vazifalar belgilab olindi. Ularni amalga oshirish koʻrsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish, xodimlar ishini takomillashtirish va boshqaruvning xoʻjalik faoliyati sohasida yanada shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan.