Maktab muassasalarida oʻquvchilarning xavfsiz taʼlim olishini taʼminlash maqsadida Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan Jizzax shahri hududida oʻrganish ishlari olib borildi
Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi tomonidan umumtaʼlim maktablarida xavfsizlikni taʼminlash, oʻquvchilarning erkin tahsil olishlariga yetarlicha sharoitlar yaratish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.
Tekshiruv davomida mutaxassislar texnik qoʻriqlash vositalarining holati, kirib-chiqish rejimining tashkil etilishi, videokuzatuv tizimlarining sozligi, shuningdek, xodimlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarlik darajasini sinchkovlik bilan tahlil qildi. Obyektlarning amaldagi meʼyorlar va xavfsizlik talablariga muvofiqligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, bir qator maktablarda xavfsizlikni taʼminlashda ayrim kamchiliklar aniqlandi hamda ularni bartaraf etish maqsadida taʼlim muassasalari maʼmuriyatlari bilan keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.